"Barselona"ning asosiy maqsadi - Suares va Rakitichni sotish!

Mirjalol Normatov
23 avg 2020, 13:21
Mavsumlar oralig'ida "Barselona" ikki futbolchisini sotib yuborishni maqsad qilgan.

Klub 2:8 hisobidagi mag'lubiyatdan keyin yangi bosh murabbiy olib keldi va Ronald Kuman o'ziga mos bo'lgan tarkibni shakllantirishda davom etmoqda.

32 yoshli Rakitich "Sevilya"ga qaytishi kutilmoqda. Ushbu futbolchi "Sevilya"ning Yevropa ligasidagi g'alabasini nishonlagani haqida ma'lumotlar tarqagandi.

Suaresga esa "Ayaks" asosiy da'vogar bo'lib turibdi. Klub uning transferi uchun 15 mln evro ishlatishga tayyor. Undan tashqari urugvaylikka "Yuventus" ham qiziqish bidirmoqda.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Marca