"Barselona"ni boshqarish uchun Kumanning o'rniga yana bir nomzod paydo bo'ldi

Aziz Tukhtamuradov
25 sen 2021, 09:37
Oskar Garsiya "Barselona" bosh murabbiyligi uchun nomzod murabbiylardan biri sifatida qayd etilmoqda.

48 yoshli ispaniyalik murabbiy ayni paytda "Reyms"ni bosharmoqda. Jamoa Liga 1 da 15-o'rinni egallab turibdi. 

Ma'lum bo'lishicha, Kuman ketgan taqdirda kataloniyaliklar rahbariyati Garsiyaning nomzodini muhokama qilishgan. 

Garsiya - "Barselona" tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. 1993-1999 yillarda "Barselona" sharafini himoya qilgan. 2010-2012 yillarda "Barselona"ning U-19 jamoasini boshqargan. La Ligada "Selta"da ham faoliyat olib borgan. 

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: RMC Sport