"Barselona" "Yuventus" futbolchisini xarid qilmoqchi

Alisher
22 yanv 2022, 11:23
"Barselona" "Yuventus" bilan himoyachi Aleks Sandro borasida muzokaralar olib bormoqda.

O'yinchining Turin klubi bilan shartnomasi 2023 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.

Sandroning transfer narxi 6 million evroga baholanmoqda.

30 yoshli braziliyalik 2015 yilning yozidan beri "Yuventus"da o'ynaydi. U joriy mavsum A Seriya doirasidagi 18ta o'yinda maydonga tushib, 1ta assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Fichajes