"Barselona" yarim himoyachisi El Klasikoga qadar tiklanishga ulgurmaydi

Alisher
17 dek 2019, 16:44
"Barselona" yarim himoyachisi Artur Ispaniya chempionati doirasidagi "Real"ga qarshi o'yinni o'tkazib yuboradi.

Artur 3 hafta oldin Braziliya terma jamoasi ixtiyorida bo'lgan payt jarohat olgan edi.

Qayd etish kerakki, Artur La Liga doirasidagi 4 yanvar kuni bo'lib o'tadigan "Espanol"ga qarshi uchrashuvdan oldin tiklanishga ulgurmaydi.

Oldinroq, jarohati sabab Usmon Dembele ham "Real"ga qarshi o'yinni o'tkazib yuborishi xabar qilingan edi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: AS