"Barselona" yangilangan stadion orqali qancha pul topishini ochiqladi

Sherzod Nurmatov
15 apr 2024, 18:33
"Ko'k-anorranglilar" yangilangan "Kamp Nou" loyihasi haqida ma'lumot berdi.

Kataloniyaning "Barselona" klubi rahbariyati jamoaning uy stadioni "Nou Kamp"ni rekonstrukciya qilish bo'yicha taqdimot o'tkazdi. Bu haqda "Barca Universal" xabar berdi.

Xabarlarga ko'ra, stadionni ta'mirlash yangi homiylik shartnomalari va "Kamp Nou" bilan bog'liq VIP-takliflar orqali "Barselona"ga yiliga 120 million evroga yaqin daromad keltirishi kutilmoqda.

Yangilangan stadiondagi ilk o'yin shu yilning oxirida bo'lib o'tishi mumkin.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Barca Universal