“Barselona” vakillari Vermalen transferi bo'yicha Londonga kelishdi

Narzulla Saydullayev
7 avg 2014, 08:01
“Barselona” klubi rasmiy vakillari “Arsenal” markaziy himoyachisi Tomas Vermalenning transferi yuzasidan Londonga yetib kelishdi.
Belgiya terma jamoasining 28 yashar himoyachisini qo'lga kiritish oson bo'lmaydi.

Futbolchiga Angliyaning “Manchester Yunayted” klubi ham jiddiy qiziqish bildirmoqda. “Barselona” Vermalen uchun 10 million funt sterling taklif qilyapti.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: olamsport.com