"Barselona" ustozi: "Qachondir bunday kambekni boshdan o'tkazganman deb o'ylamayman"

Tolibjon Qosimov
22 yanv 2025, 18:42
Kecha tunda YCHL 7-turi doirasida "Barselona" jamoasi "Benfika" mehmoni bo'ldi va 5:4 hisobida g'alaba qozondi.

Uchrashuv davomida kataloniyaliklar avvaliga 1:3, keyin esa 78-daqiqada ham 2:4 hisobida ortda borishayotgan edi. Rafinyaning g'alaba keltiruvchi goli esa 90+6-daqiqada kiritildi. Bellashuvdan keyin "Barselona" ustozi Xans-Diter Flik fikrlarini bildirib o'tdi.

"Bu aqldan ozdiradigan o'yin bo'ldi. Hal qiluvchi jihat mentalitetimiz bo'ldi. O'yinga qayta oldikva bu ajoyib. Bu futbol va aynan shuning uchun uni yaxshi ko'ramiz.

Men qachondir bunday kambekni boshdan o'tkazganman deb o'ylamayman. Bu aql bovar qilmas narsa. 1-bo'limda unchalik yaxshi o'ynay olmadik. Chuqur himoyalandik va noto'g'ri poziciyalarni tanladik. 2-bo'limda esa maydonda eng yaxshi jamoa bo'la oldik. O'zgarishlar o'yinga qaytishimizga yordam berdi.

Shensni? Qaysi o'yinchi xato qilmaydi? Bu normal holat, biz birgalikda g'alaba qozonamiz va birgalikda yutqazamiz. Gap bitta o'yinchi haqida emas. Mentalitet... bazida shunday o'ynashga to'g'ri keladi. Bugun ikkinchi bo'limda ko'rganlarim menga juda ham yoqdi.

"Valensiya" va "Atalanta" bilan o'yinlarga e'tibor qaratishimiz muhim. Biz xotirjamlikka berilmasligimiz kerak", - dedi Flik.

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: marca.com