"Barselona" Umtiti bilan tekinga xayrlashishga tayyor

Alisher
23 avg 2021, 18:47
"Barselona" himoyachi Samuel Umtiti bilan xayrlashishga harakatni davom ettirmoqda.

Kataloniyaliklar fransiyalik futbolchini boshqa klubga tekinga qo'yib yuborishga tayyorlar.

O'yinchi uchun "Nicca" va "Marsel" da'vogarlik qilmoqda, ammo Umtitining o'zi Chempionlar Ligasida o'ynovchi klubga harakat qilmoqda. Kataloniyaliklar maoshlar miqdorini kamaytirish uchun himoyachini tekinga qo'yib yuborishga tayyorlar.

Eslatib o'tamiz, Umtiti "Barselona"ga 2016 yilda "Lion"dan 25 million evro eavziga o'tgan edi. U ispan klubi tarkibida barcha musobaqalarda 132ta o'yinda maydonga tushib, 2ta gol va 1ta assist qayd etdi. Uning shartnomasi 2023 yilning iyuniga qadar mo'ljallangan.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Diario Sport