"Barselona" uch futbolchisi bilan maoshini pasaytirish borasida muzokara o'tkazadi

Og'abek Samisov
27 mar 2022, 16:45
"Barselona" yangi futbolchilar bilan shartnoma imzolash uchun yetakchi futbolchilarining maoshini pasaytirmoqchi.

Ayni damda "Barselona"da moliyaviy muammolar sababli feyr-pley qoidalari buzilishi mumkin. Klub esa bundan futbolchilarining maoshini pasaytirish orqali chiqib ketishni niyat qilgan. "Marca"ning yozishicha, "Barselona" yaqin vaqtlar ichida Jerar Pike, Serji Buskets va Jordi Alba bilan maoshini pasaytirish borasida muzokaralar olib boradi.

Yangi mavsum oldidan "blaugranas" bonus, maosh va yana qo'shimcha to'lovlar bilan hisoblaganda ushbu uch futbolchi uchun 100 million evrodan oshiq pul to'lashi kerak bo'ladi.

O'xshash yangiliklar


Og'abek SamisovMuallif
Manba: championat.asia