"Barselona" Suaresning o'rniga APLdan ikki futbolchini kuzatmoqda

22 may 2019, 20:20
Kataloniyaliklar ayni vaqtda Luis Suares o'rniga boshqa muqobil hujumchi izlamoqda.

Mundo Deportivo nashrining ma'lumotiga ko'ra, "Barselona" 24 yoshli "Liverpul" forvardi Divok Origi va "Tottenxem"ning tajribali hujumchisi Fernando Lorengtega e'tibor qaratgan.

O'z navbatida Lorente "Tottenxem" bilan shartnomani uzaytirishni rad etgan va natijada "ko'k-anorranglialar" ispaniyalik futbolchini bepul qo'lga kiritadi. 

Mazkur trasnferning amalga oshishi "Atletiko" hujumchisi Antuan Grizmanni sotib olishga ta’sir qilmaydi. Sababi, u Suaresning o'rnida harakat qilmaydi, deyiladi Ispaniya nashri tarqatgan xabarda.

O'xshash yangiliklar


Manba: mundodeportivo.com