

Kataloniyaliklar portugaliyalik futbolchini 2025 yilning yozida xarid qilmoqchilar.
Muammo shundaki, tomonlar uning transfer narxini turlicha baholayaptilar. "Barselona" himoyachi uchun 30 million evro to'lamoqchi. "Manchester Siti" esa futbolchi 50 million evro turishini qayd etgan. Agar u La Ligada muvaffaqiyatli o'ynab keta olsa, narx yanada oshishi mumkin.
"Shaharliklar" yozda futbolchi uchun boshqa klublar ham da'vogarlik qilishi mumkinligini tushunmoqda. Bir necha oy oldir Kanseluga "Arsenal", shuningdek Saudiya Arabistonidan bir necha klub qiziqqandi.
Joauning o'zi "Barsa"da o'ynash istagida.



