"Barselona" "Real"ning sobiq futbolchisi bilan kelisha olmadi

Mirjalol Normatov
31 yanv 2020, 20:37
"Barselona" "Real Sosedad" futbolchisi Villian Joze bilan kelisha olmadi.

"La Sexta" xabariga ko'ra, "ko'k-anorranglilar" "Real"ning sobiq futbolchisi uchun 21 million evro to'lashga tayyor bo'lgan. Biroq "basklar" transfyerdan 30 mln evro ishlab olishni istashgan.

Eslatib o'tamiz, "Barselona" jarohat olgan Luis Suaresning o'rniga hujumchi izlamoqda. Transferlar oynasi yopilishiga esa oz fursat qolmoqda.

Joze uchun ayni damda "Manchester Yunayted" va "Tottenxem" kabi klublar qiziqish bildirishmoqda.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: La Sexta