"Barselona" "Rasing" yarim himoyachisi bilan shartnoma imzolashga yaqin

Alisher
4 mar 2022, 16:47
"Barselona" "Rasing" xavbeki Pablo Torreni xarid qilishga yaqin.

Jurnalist Fabricio Romanoning xabariga ko'ra, kataloniyaliklar 18 yoshli ispan futbolchisi bilan shartnoma bo'yicha kelishuvga erishishgan.

"Barselona" endi futbolchining transfer shartlari bo'yicha "Rasing" bilan kelishishi kerak.

Torres 2021/22 yilgi mavsum "Rasing" safida Ispaniyaning mavqei jihatdan uchinchi o'rinda turadigan divizionida ishtirok etmoqda. Uning hisobida 6ta gol va 7ta assist bor.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/FabrizioRomano