"Barselona" qishda yana braziliyalikni xarid qilishga urinib ko'radi

Aslanov Jasurbek
25 sen 2017, 14:12
"Liverpul" yarim himoyachisi Filippe Koutino avvalgidek "Barselona"ning asosiy transfer maqsadi bo'lib turibdi.

Ma'lumotlarga ko'ra, yanvarda Kataloniya klubi yana braziliyalikni xarid qilishga urinib ko'radi. "Liverpul" yozda o'z futbolchisini "Barselona"ga 160 mln. evroga sotmoqchi edi, ammo bir vaqtning o'zida "qizillar" "Bavariya"dan Tomas Myullerni olishga uringan. Nemis hujumchisini xarid qilishning iloji bo'lmaganidan so'ng, mersisaydliklar Koutinoni sotmaslikka qaror qilishdi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Sport.es