"Barselona", PSJ, "Milan" va "Man Siti" evrokuboklardan chetlashtirilishi mumkin

Sherzod Nurmatov
26 dek 2023, 17:46
Klublar moliyaviy feyr-pley qoidalarini buzganlikda gumon qilinmoqda.

Ispaniyaning "Barselona", Fransiyaning PSJ, Italiyaning "Milan" va Angliyaning "Manchester Siti" jamoalari evrokuboklardan chetlashtirilishi mumkin, deya xabar bermoqda "Marca".

Xabar qilinishicha, UEFA "Barselona"ni moliyaviy feyr-pley qoidalariga rioya qilish yuzasidan tekshiruv o'tkazmoqda. Xususan, gap oddiy faoliyat bilan bog'liq bo'lmagan, klub daromadining shubhali o'sishi haqida ketmoqda.

"Barselona"dan tashqari, Fransiyaning PSJ, Italiyaning "Milan", Angliyaning "Manchester Siti" va yana oltita klub moliyaviy feyr-pley qoidalarini buzgan bo'lishi mumkin. Bu ish bo'yicha qaror 2024 yilning fevralida qabul qilinadi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Marca