"Barselona" PSJ bilan o'yinni qaysi stadionda o'tkazishi ma'lum

Sherzod Nurmatov
19 sen 2025, 22:14
Chempionlar Ligasining 2-turidan o'rin olgan "Barselona" – PSJ uchrashuvi "Olimpik Lyuis Kompanis" stadionida bo'lib o'tadi.

Bu haqda Kataloniya klubi matbuot xizmati ma'lum qildi.

"Klub yaqin oylarda "Spotifay Kamp Nou"ni ochish uchun zarur mamuriy ruxsatnomalarni olish uchun faol ishlashda davom etmoqda", – deyiladi klub bayonotida.

2023/24 va 2024/25 yilgi mavsumlarda "Kamp Nou"ni ta'mirlash vaqtida "Barselona" o'z uy uchrashuvlarini taxminan 52 000 tomoshabinga mo'ljallangan "Olimpik Lyuis Kompanis" stadionida o'tkazdi. Kataloniyaliklar joriy mavsumdagi bitta uy uchrashuvini 6000 tomoshabinga mo'ljallangan "Yoxan Kroyf Arena"da olib bordi. 

"Barselona" – PSJ uchrashuvi 1 oktyabr kuni bo'lib o'tadi. Chempionlar Ligasining 1-turida kataloniyaliklar "Nyukasl"ni mehmonda 2:1 hisobida mag'lub etdi. PSJ turnir boshida "Atalanta"ni 4:0 hisobida yutdi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: fcbarcelona.com