"Barselona" prezidentligi uchun saylovlar qoldiriladi

15 yanv 2021, 20:53
Bu haqda AS xabar tarqatdi.

Kataloniyaning "Barselona" klubi prezidentligi uchun saylovlar 24 yanvar kuni bo'lib o'tishi kerak edi. Ammo, saylovlar boshqa sanaga qoldirilishi mumkin. Gap shundaki, Ispaniyada yangi karantin cheklovlari joriy qilingani bois saylovchilarning qariyb yarmi saylov uchastkalariga yetib kela olmaydi. Bugun finalga chiqqan 3 nomzod: Viktor Font, Joan Laporta va Toni Freysh - saylovlarning keyingi taqdirini maxsus yig'ilishda hal qilishlari kerak.

O'xshash yangiliklar


Manba: AS