"Barselona" prezidenti Agueroga murojaat qildi

Sherzod Nurmatov
2 noya 2021, 20:42
"Barselona" prezidenti Joan Laporta Kataloniya jamaosi hujumchisi Serxio Agueroni qo'llab-quvvatladi.

Argentinalik yuragidagi muammo tufayli kamida 3 oyga safdan chiqdi. 

"Barselona" seni to'liq qo'llab-quvvatlaydi! Sen o'z xaraktering va xushkayfiyating bilan maydonga qaytasan va gollar urasan", – dedi Laporta. 

Aguero "Barselona" safida 17 oktyabr kuni debyut qilgan edi. U 5 o'yinda 1 ta gol urdi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: twitter.com/joanlaportafcb