Barselona o'z tarixida ilk bor mavsumni to'rtta quruq g'alaba bilan boshladi

Narzulla Saydullayev
18 sen 2014, 08:25
APOEL ustidan qo'lga kiritilgan g'alaba (1:0) Barselona uchun ushbu mavsumdagi ketma-ket to'rtinchisi bo'ldi.
Kataloniya klubi o'z tarixida ilk bor mavsumni ketma-ket to'rtta quruq g'alaba bilan boshladi. Oldinroq Elche (3:0), Vilyarreal (1:0) va Atletik (2:0) klublari taslim etilgandi.

Barselona 1968 yilda mavsumni ketma-ket to'rtta quruq o'yin bilan boshlagandi.Faqat o'sha yil barcha uchrashuv ham g'alaba bilan tugamagandi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: sports.ru