"Barselona" Olmoni qaytarishga urinib ko'rdi, biroq transfer amalga oshmay qoldi

Aslanov Jasurbek
1 sen 2021, 21:41
"Barselona" klub tarbiyalanuvchisi Dani Olmoni qaytarishga urinib ko'rdi.

23 yoshli yarim himoyachi hozirda "RB Leyptsig"da o'ynaydi va "Barsa" uni 2022 yilning yanvarida sotib olmoqchi.

"Ko'k-anorranglilar" yozgi transfer oynasining so'nggi kunida Danini sotib olishga urinib ko'rdi va 58 million evro va turli bonuslar taklif qildi, biroq "RB Leyptsig" futbolchi uchun 75 million evro talab qildi. Yarim himoyachining o'zi ham Kataloniyaga ketish fikriga qarshi emas.

Olmoning nemis klubi bilan amaldagi shartnomasi 2024 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Mundo Deportivo