"Barselona" Neymar uchun uch futbolchisini PSJga taklif qilmoqda

Mirjalol Normatov
12 iyul 2019, 11:58
PSJ forvardi Neymar "Barselona"ga qaytishi mumkin.

Muzokaralar haqida "Sport Bild" nashri jurnalisti Kristian Falk xabar bermoqda.

"Olgan ma'lumotlarimizga qaraganda "Barselona" Neymar uchun PSJga pul taklif qilmagan. Kataloniyaliklar PSJga uch futbolchisini berib yuborishga tayyor: Koutino, Dembele, Umtiti yoki Semedu", - deb yozadi Falk.

Neymarning PSJ bilan shartnomasi 2022 yilga qadar davom etadi. Oldinroq klub sport direktori Leonardo futbolchi jamoadan ketishi mumkinligini inkor qilmagandi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Sport Bild