"Barselona" Nelson Semedu uchun 30 mln. evro taklif qildi

Aslanov Jasurbek
12 iyul 2017, 16:10
"Barselona" "Benfika" himoyachisi Nelson Semedu borasida muzokaralarni qaytadan boshladi.

Kataloniya klubi 30 mln. evro miqdorida rasmiy taklif bilan chiqdi.

Agar "Benfika" bu taklifni rad etsa, "Barselona" uni 35 mln. evrogacha ko'tarishi mumkin, ammo bu kataloniyaliklarning so'nggi o'zgartirishi bo'ladi.

Oldinroq, Semeduga "Manchester Yunayted" ham qiziqish bildirayotgani e'lon qilingan edi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Record