"Barselona" Messini qo'yib yuboradimi?

Alisher
24 avg 2020, 16:07
Kataloniya klubi shu bilan birgalikda sardor Lionel Messi bilan xayrlashishni juda ham xohlamayapti.

"Ko'k-anorranglilar" prezidenti Xosep Mariya Bartomeu Messini sotish mumkinmas deb hisoblaydi. 

Agar argentinalik futbolchi transferga rozilik bildirsa, u holda ehtimoliy xaridor uning tovon pulida ko'rsatilgan mablag'ni to'lashi kerak - 700 million evro.

Eslatib o'tamiz, bundan oldin Messi jamoaning yangi bosh murabbiyi Ronald Kuman bilan uchrashgani ma'lum bo'lgan edi. Shundan so'ng Kataloniya radiostanciyasi RAC1 Messining murabbiyga ketmoqchi ekanligini xabar qilgani borasida xabarlar tarqatdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Mundo Deportivo