"Barselona": Messi klubdan ketish uchun bir yil futbol o'ynamasligi kerak

31 avg 2020, 19:19
Kataloniyaning "Barselona" klubi rahbariyati jamoa yetakchisi Lionel Messini shunchaki qo'yib yubormoqchi emas.

"Ko'k-anorranglilar" mutasaddilarining takidlashicha, jamoa sardori klubni tark etishining yagona yo'li bor: u keyingi mavsumni futbolsiz o'tkazishga rozi bo'lishi va buni yozma ravishda tasdiqlashi kerak.

"Barselona" tomon Messi bilan tuzilgan shartnomadagi hamkorlikni muddatidan oldin tugatish to'g'risidagi bandni shunday talqin qilgan: argentinalik charm to'p ustasi klubni tark etishi mumkin, ammo keyingi mavsum uchun shartnomada belgilangan maoshdan voz kechadi va kelasi yoz (klub bilan joriy bitim yakuni)ga qadar yangi klub bilan shartnoma tuzolmaydi.

O'xshash yangiliklar


Manba: ESPN