"Barselona" Meksika terma jamoasi murabbiylar shtabiga qo'shilgan Markes uchun 2 million evro oldi

Оқил Абдубарноев
24 iyul 2024, 00:30
"Barselona" Rafael Markes uchun tovon puli oldi.

Manbaning xabariga ko'ra, sobiq himoyachini Xaver Agirrening murabbiylar shtabiga taklif qilgan Meksika futbol federatsiyasi shartnomaning bekor qilinishini taminlash uchun “blaugrana”ga taxminan 2 million evro to'lagan.

Markes 2022 yildan beri "Barselona B"ni boshqarib keladi. U 2026 yilgi jahon chempionatidan keyin Meksika terma jamoasini boshqarishi kutilmoqda.

O'xshash yangiliklar


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: TUDN