“Barselona“ Markus Reshford bo'yicha bir qarorga keldi

Khoja
25 iyun 2025
MYU futbolchisi Markus Reshford faoliyatini Ispaniyada davom ettirishi mumkin.

“Barselona“ hujumkor futbolchini ijaraga olishga qaror qildi. Markus Reshfordning transferini jamoa ustozi Flik istamoqda. Nemis mutaxassisi Markusni markaziy hujumda foydalanishni reja qilgan.

Ushbu transferga futbolchining oylik maoshi to'sqinlik qilishi mumkin. Agar Markus Reshford ijaraga ketadigan bo'lsa, MYU futbolchining maoshini umuman to'lash niyatida emas. 27 yoshli futbolchining haftalik maoshi esa 350 ming funt sterlingni tashkil qiladi. Markusning o'zi “Barselona“ga o'tish uchun maoshini ancha kamaytirishga roziligini ma'lum qilgan.


KhojaMuallif
Manba: sports.ru