"Barselona" Madridda g'olib

Narzulla Saydullayev
26 fev 2017, 22:10
Ispaniya chempionati doirasidagi "Atletiko" – "Barselona" uchrashuvi bo'lib o'tdi.

Uchrashuvning 26-daqiqasida Antuan Grizmanning kuchli zarbasidan so'ng Ter Shtegen to'pni qaytardi. 34-daqiqada ham Ter Shtegen raqib hujumini to'xtatdi.

38-daqiqada Messining 21 metrlardan yo'llagan kuchli zarbasidan so'ng Yan Oblak o'zini ko'rsatdi. Birinchi bo'limda hisob ochilmadi.

64-daqiqada hisobi ochildi. Suaresning zarbasi himoyachiga tegib qaytdi, Rafinya esa qaytgan to'pni darvozaga yo'lladi - 0:1. Oradan ko'p o'tmay jarima to'pidan so'ng Godin boshi bilan gol urib hisobni tenglashtirdi - 1:1.

85-daqiqada Suaresning pasidan so'ng Messi ikkinchi harakat bilan gol urdi - 1:2.

Shu tariqa, "Barselona" Madridda g'alaba qozondi.


Ispaniya chempionati

Atletiko – Barselona 1:2
26 fevral, 20.15, Visente Kalderon

Gollar: 0:1 – 64 Rafinya, 1:1 – 70 Godin, 1:2 – 86 Messi.

Atletiko – Oblak, Savich, Filipe Luis, Vrsalko, Godin, Gabi, Saul, Koke, Ferreyra Karrasko (Torres, 68), Grizmann, Gameyro (Korrea, 72).
Barselona –   ter Stegen, Umtiti, Pike, Mate (Din, 77), Serdji Roberto (Andre Gomesh, 85), Rafinya, Buskets, Inesta (Rakitich, 71), Neymar, Messi, Suares.
Ogohlantirishlar: Buskets (55), Saul (56), Savich (65), Gabi (73), Korrea (74), Messi (82).


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia