"Barselona" Madrid klubi himoyachisini tekinga qo'lga kiritmoqchi

Narzulla Saydullayev
22 fev 2019, 19:41
“Barselona” klubi “Atletiko” himoyachisi Filipe Luisni yozgi transferlar vaqtida o'z safiga qo'shib olishi mumkin.

El Mundo Deportivo xabariga ko'ra, kataloniyaliklar jamoaning asosiy himoyachisi Xordi Albaning o'rnini to'ldiradigan futbolchini izlamoqda.

Bundan tashqari, “matraschilar” braziliyalik futbolchi bilan shartnomani uzaytirmoqchi emas. Shu sababli “Barselona” Luisni erkin agent sifatida tekinga qo'lga kiritishi mumkin.

Filipe Luis joriy mavsum LaLigada 15ta o'yinda maydonga tushib, 2 bora raqiblar darvozasini ishg'ol qilgan.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: as.com