"Barselona" Levandovski uchun qancha pul taklif qilayotgani ma'lum

Aziz Tukhtamuradov
29 apr 2022, 09:42
"Barselona" vakillari Robert Levandovskining agentiga aloqaga chiqishgan.

Kataloniyaliklar agent Pini Zaxavi bilan muloqotda hujumchining transferi uchun 30-35 million evro to'lashga tayyor ekanliklarini ma'lum qilishgan. 

"Barselona" Levandovskiga 2+1 ko'rinishida shartnoma taklif qilmoqchi. 

Avvalroq, "Bavariya" futbolchini 40 million evroga sotmoqchi ekanligi haqida xabarlar tarqalgandi. 

33 yoshli futbolchi ushbu mavsumda 43 ta o'yinda 48 ta gol urdi.

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: twitter.com/gerardromero