"Barselona" Kunde borasidagi bitimga Depayni qo'shishga tayyor

Alisher
4 iyul 2022, 17:38
"Barselona" va Niderlandiya terma jamoasi hujumchisi Memfis Depay faoliyatini "Sevilya"da davom ettirishi mumkin.

Bu haqda insayder Jerar Moreno xabar bermoqda.

"Barselona" ushbu yozda "Sevilya" himoyachisi Jyul Kunde bilan shartnoma imzolamoqchi. Andalusiya klubi o'yinchi uchun 60-65 mln evro olmoqchi, bu esa "Barsa" uchun qimmatlik qiladi. Kataloniyaliklar Kundening transferi borasidagi bitimga Depayni qo'shishga tayyor. Qayd etish kerakki, "Sevilya" sport direktori Monchi Memfis iqtidorining muxlisi hisoblanadi.

28 yoshli Depay "Barselona"da 2021 yilning iyulidan beri o'ynamoqda. U klub safida 37ta o'yinda 13ta gol va 2ta assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/gerardromero