"Barselona" Kunde bilan kelishib oldi

Mirjalol Normatov
24 iyul 2022, 18:55
Himoyachi Jyul Kunde "Sevilya"dan "Barselona"ga o'tishga yaqin.

"Diario Sport" xabariga ko'ra, Kataloniya klubi 23 yoshli futbolchi bilan 4 yillik shartnoma borasida kelishuvga erishgan. Kelasi haftada barcha ishlar rasmiylashtirilishi kutilmoqda.

"Chelsi" Kunde uchun 65 million evro to'lamoqchi bo'lgan. Ammo bu summa bir qancha qismlarga bo'lingan holda o'tkazilishini vada qilgan. "Barselona" esa "Chelsi"dan ko'ra kamroq pul to'lashini va summa birdaniga "Sevilya" hisobiga borib tushishini ma'lum qilgan.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Diario Sport