“Barselona” Koutinoni APLning ikki klubiga taklif qildi

Eldor Akmurzayev
20 dek 2021, 07:40
Bu haqda “Mirror” xabar bermoqda.

Manbaga ko'ra, “Barselona” jamoa a'zosi Filippe Koutino "Nyukasl" va “Tottenxem”ga taklif qildi. Kataloniyaliklar yuqori maosh oladigan futbolchini yanvarda transfer qilishni o'ylamoqda.

Avvalroq, braziliyalik Angliya chempionatida autsayderlar qatorida borayotgan jamoaga o'tishni xohlamagani xabar qilingandi. Uning “Barsa” bilan tuzgan shartnomasi 2023 yilgacha mo'ljallangan.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Mirror