Barselona Klaudio Bravo bilan 4 yillik shartnoma tuzdi

Narzulla Saydullayev
7 iyul 2014, 16:15
Real Sosedad posboni Klaudio Bravo Barselonaga ko'chib o'tdi, deb xabar bermoqda Kataloniya klubi rasmiy sayti.
Chililik posbon bilan to'rt yillik shartnoma tuzildi. Bravo Barsada 2017/18 yilgi mavsum oxiriga qadar to'p tepadi. Darvozabon klubda 13-raqamda o'ynaydi.

May oyida Barselona Menxengladbaxning Borussiya klubi posboni Mark-Andre ter Stegen bilan shartnoma tuzgandi. Jamoani Viktor Valdes va Xose Pinto kabi darvozabonlar tark etishdi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: sports.ru