"Barselona" kelasi mavsum uchun uy libosini taqdim etdi (foto)

Aslanov Jasurbek
30 may 2016, 13:10
Ispaniya chempionatining amaldagi g'olibi "Barselona" klubi 2016/17 mavsum uchun yangi uy formasini taqdim etdi.

Bu haqda klub rasmiy sayti e'lon qildi. Yangi libos ananaviy ko'k-anorrang tusda. Forma dizayni jamoaning 1992 yilda foydalangan libosi ko'chirmasi hisoblanadi. O'sha mavsumda Kataloniya klubi Chempionlar ligasida birinchi marotaba g'alaba qozongan edi.







Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia