

Nemis jamoasining ilk transferi Jirona yarim himoyachisi Alesh Garsiya bo'ladi. Alonso jamoasi futbolchining transferi uchun 20 million evro to'laydi.
Alesh Garsiyaga Barselonadan jiddiy qiziqish bo'ldi, biroq futbolchi Germaniyaga borishga qaror qilgan.
Ma'lumot uchun, yarim himoyachi joriy mavsum Jirona safida 40 ta uchrashuvda maydonga tushib, 3 ta gol urdi va 6 ta golga assist qayd etgan.



