"Barselona" Jahon chempionatida 10 nafar futbolchini kuzatib boradi

Sherzod Nurmatov
19 noya 2022, 17:44
Kataloniyaning "Barselona" klubi vakillari yaqinlashib kelayotgan JCH-2022da bir yo'la 10 nafar futbolchining o'yinlarini kuzatib boradi.

Bu haqda "Mundo Deportivo" nashri xabar bermoqda.

"Ko'k-anorranglilar" uchun ustuvor vazifa – yangi o'ng qanot himoyachisi bilan shartnoma imzolash. Diogu Dalot, Benjamen Pavar, Toma Mene va Xuan Foyt kataloniyaliklarning e'tiborida bo'ladi. 

Bundan tashqari, "Barselona" o'rta chiziqni mustahkamlamoqchi. Kataloniyaliklar Yuri Tilemans, Ilkay Gyundogan, Bernardu Silva va Marko Asensioning o'yinlarini kuzatib borishadi.

La Liga vice-chempionining radarida hujumchilardan Rafael Leau va Yussufa Mukoko o'rin olgan.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Mundo Deportivo