Barselona Ispaniya chempionati yakuniga to'rtta tur qolganida chempionlikni qo'lga kiritdi

Khoja
5 may 2024, 09:00
Barselona ayollar jamoasi Ispaniya chempionatining navbatdagi turida Granadani 4:1 hisobida mag'lub etdi.

Shu tariqa, Kataloniya jamoasi musobaqa yakuniga 4 ta tur qolganida chempionlikni qo'lga kiritdi.

26 ta tur yakunidan so'ng Barselona 76 ta ochko to'plashga erishgan. Uning eng yaqin taqibchisi Real Madrid esa ulardan 15 ochko ortda qolmoqda.

Eslatib o'tamiz, kecha Barselonaning erkaklar jamoasi Jironaga mag'lub bo'lib, Real Madridni Ispaniya chempioni qilgandi.

O'xshash yangiliklar


KhojaMuallif
Manba: championat.com