"Barselona" ikkinchi o'rin uchun qancha daromad olishi ma'lum qilindi

Оқил Абдубарноев
9 may 2022, 20:16
"Barselona" La Ligada ikkinchi o'rinni egallasa, qo'shimcha 20 million evro ishlab oladi.

Bu summaga Ispaniya Superkubogidagi ishtirokdan olingan mukofot pullari, shuningdek, klub o'tgan mavsumni qaysi o'rinda yakunlaganiga qarab taqsimlanadigan mablag'lar kiritilgan.

Qolaversa, Chempionlar ligasiga yo'l olish ham klub daromadini oshiradi.

Kataloniya klubi Ispaniyada kuchli to'rtlikdan joy olish vazifasini uddalagan, ammo "Barselona" bosh murabbiyi Xavi jamoa ikkinchi o'rin uchun kurashishini takidlamoqda.

O'xshash yangiliklar


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: Marca