"Barselona" himoyachi izlamoqda

16 mar 2020, 22:56
"Ko'k-anorranglilar" rahbariyati Semeduga ishonmaydi.

"Marca" nashri xabariga ko'ra, "Barselona" yozda mudofaa chizig'ining o'ng qanotini kuchaytirishni birlamchi maqsad deb biladi. Xabaringiz bor, Serxi Roberto maydon markaziga ko'chirilgach, jamoada bittagina o'ng qanot himoyachisi qoldi (Semedu). Katalon klubi skautlari mazkur poziciyaga munosib nomzod qidirishni boshlab yuborishgan.

Takidlash lozimki, "Barselona" rahbariyatining nigohi anchadan buyon Joshua Kimmix ("Bavariya") va Serj Orega ("Tottenxem") qaratilgan.

O'xshash yangiliklar

Manba: Marca