"Barselona" Grizmann bilan muzokara o'tkazdi

Mirjalol Normatov
31 mar 2019, 10:58
"Barselona" "Atletiko" forvardi Antuan Grizmann bilan muzokaralar o'tkazdi.

"Catalunya Ràdio" xabariga ko'ra, Kataloniya klubi sport direktori Erik Abidal forvard bilan aloqaga chiqqan va transferni muhokama qilgan. "Ko'k-anorranglilar" rahbariyati o'z xodimiga 28 yoshli futbolchini jamoaga qo'shib olish vazifasini qo'ygan.

Bu mavsumda Grizmann "Atletiko" tarkibida 39 o'yinda qatnashib, 18 gol urdi vaa 8 golga assistentlik qildi. 1 iyuldan keyin uning transfer narxi 200 million evrodan 120 million evrogacha kamayadi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Catalunya Ràdio