"Barselona" futbolchilariga "IPhone 11 Pro Max" sovg'a qilindi

Mirjalol Normatov
23 dek 2019, 21:12
"Barselona" prezidenti Jozep Bartomeu futbolchilarga Rodjestvo sovg'asini taqdim qildi.

"AS" xabariga ko'ra, Bartomeu jamoaning har bir futbolchisiga "IPhone 11 Pro Max" sovg'a qilgan. Qayd etish kerak, ushbu telefonlarga futbolchilarning ism-familiyasi, raqami va klub emblemasi tushirilgan.

Ayni damda "IPhone 11 Pro Max" eng qimmat telefon hisoblanadi. Bozorda ushbu telefonlar 1700 evro turadi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: AS