"Barselona" futbolchilariga Audi mashinalari sovg'a qilindi (FOTO+VIDEO)

Aslanov Jasurbek
1 dek 2017, 11:47
30 noyabr kuni "Barselona" futbolchilari va murabbiylar shtabi Kataloniyadagi mashhur Formula-1 trassasida Audi yangi mashinalarini sinovdan o'tkazishdi.

Bu haqda klub rasmiy sayti ma'lum qildi.

Audi "Barselona"ning homiylaridan biri hisoblanadi va reklama tadbiri davomida jamoa futbolchilari Formula-1 poygalari o'tkaziladigan Monmelo trassasida bo'lishdi. U yerda ular homiy avtomobillarini sinovdan o'tkazishdi.








Shu bilan birga jamoaning har bir futbolchisiga istagiga ko'ra mashina sovg'a qilindi. Endi ular bu "temir tulporlar"dan mavsum davomida foydalanishlari kerak.

Sovg'a qilingan mashinalar ro'yxati:

AUDI Q7 SPORT 3.0 TDI QUATTRO - Denis Suares, Arda Turan, Ivan Rakitich, Xordi Alba, Tomas Vermalen, Yasper Sillessen, Rafinya, Andre Gomesh.


AUDI Q7 3.0 TDI E-TRON QUATTRO - Nelson Semedu, Paulino, Ernesto Valverde.


AUDI R8 SPYDER V10 5.2 FSI QUATTRO - Aleysh Vidal.


AUDI RS 6 AVANT PERFORMANCE 4.0 TFSI QUATTRO - Luis Suares, Xerard Pike, Lionel Messi.


AUDI A7 SPORTBACK BLACK LINE EDITION 3.0 TDI QUATTRO - Xaver Maskerano.


AUDI Q5 DESIGN 2.0 TDI QUATTRO-ULTRA - Jerar Deulofeu.


AUDI RS3 SPORTBACK 2.5 TFSI QUATTRO - Usmon Dembele, Pako Alkaser, Samuel Yumtiti, Serxi Roberto, Luka Din.


AUDI R8 PLUS - Serxio Buskets.


AUDI SQ5 S LINE 3.0 TFSI QUATTRO - Mark-Andre ter Shtegen.


AUDI SQ7 4.0 TDI QUATTRO - Andres Inesta.


TAS-IX emas

Audi "Real" futbolchilariga qaysi mashinalarini sovg'a qildi? (+FOTO)


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia