"Barselona" futbolchilaridan biri uylandi, ammo Messi emas

Aslanov Jasurbek
16 may 2017, 18:14
"Barselona" darvozaboni Mark-Andre ter Shtegen qiz o'rtog'i Daniela Jelega uylandi.

Nemis posboni LaLigadagi jamoasining kichik tanaffusidan foydalanib Barselona shahrida to'y qildi. Ter Shtegenning turmush o'rtog'i ushbu marosimdan olingan suratlarni "Instagram"dagi safihasiga joyladi.




Mark-Andre ter Shtegen va Daniela Jele 2012 yildan beri, darvozabon Menxengladbaxning "Borussiya" sharafini himoya qilayotganida uchrashayotgan edi.

Oldinroq "Barselona"ning boshqa futbolchisi Lionel Messi Antonellaga 30 iyun kuni uylanishi e'lon qilingan edi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Daily Mail