"Barselona" futbolchilari koronavirus testini topshirishdi

Mirjalol Normatov
18 may 2020, 21:43
"Barselona" jamoasining butun bir tarkibi va ular bilan muloqotda bo'ladigan insonlar koronavirus testidan o'tishdi.

"Diario Sport" xabariga ko'ra, barcha futbolchilardan manfiy natijalar olingan. "Barselona" 9 may kunida mashg'ulotlarga qaytgandi. Ayni damda Ispaniyada 10 kishilik guruh bo'lib mashg'ulotlarni davom ettirishga ruxsat berilgan.

LaLiga turnir jadvalida "Barselona" peshqadamlik qilmoqda. 2-o'rindagi "Real" bilan farq esa 2 ochkoni tashkil qiladi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Diario Sport