"Barselona" futbolchilar uchun yangi qoidalarni taqdim qildi

Mirjalol Normatov
12 yanv 2020, 11:25
"Barselona" rahbariyati futbolchilar o'z e'tiborini futbolga ko'proq e'tibor qaratishlarini istamoqda.

"ABC" xabariga ko'ra, endi futbolchilar futbolga taalluqli bo'lmagan joylarga borish oldidan rahbariyatdan maxsus ruhsatnoma olishlari kerak bo'ladi. Shuningdek, futbolchilar mashg'ulot bazasida hamda o'yin vaqtida ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishlari taqiqlanadi. Undan tashqari, futbolchilar aholi ko'p joylarda boshqalar bilan rasmga tushish ham mumkin emas. Yana shuni qo'shimcha qilish lozimki, rahbariyat intervyu hamda ijtimoiy tarmoqlarda klubning texnik, sport hamda ijtimoiy ishlari bo'yicha izox bermasligini maslahat berishmoqda.

Qayd etilishicha, ushbu qoidalar "Andorra" klubi egasi, "Devis" kubogi tashkilotchilaridan biri va yana bir qancha loyihalarda qatnashayotgan Jerar Pike sababli o'rnatilmoqda.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: ABC