"Barselona" "Everton" futbolchisi uchun Fati yoki Fermindan voz kechishi mumkin

Omonjon To`xtamirzayev
23 mar 2024, 16:51
"Barselona" bu transfer summasini maksimal ravishda tushirishga urinmoqda.

Agarada liverpulliklar Premer-Ligani tark etishiga to'g'ri kelsa, klub Onanani taxminan 40 mln sotib yuborishi mumkin. Biroq bunday summa "ko'k-anorranglilar" uchun kattalik qilishi mukmkin.

"Barselona" kelishuvga Fati, Langle, Dest yoki Ferminni qo'shish haqida o'ylamoqda.



Shu boisdan himoyachining transferi Ispaniya chempioni uchun ustuvor vazifa bo'lishi kerak. Klubning maqsadi – Amadu Onana. Belgiyalik futbolchi "Everton" safida 2022 yildan buyon to'p tepadi. Joriy mavsumda u "irislar" safida 25 ta o'yinda maydonga tushib, 2 ta gol va 1 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

"Daily Sport" nashrining xabar berishicha, Deku allaqachon Onana bilan bog'langan. Sport direktori 22 yoshli futbolchiga "Barselona"ning moliyaviy imkoniyatlari haqida ma'lumot berdi.

Kataloniyaliklar u uchun 40 million evro taklif qilishga tayyor, biroq "Everton" hozirda o'zining yulduz futbolchisini 60 million evroga baholamoqda.

O'xshash yangiliklar


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: Daily Sport