Barselona ertaga maxsus futbolkada o'ynaydi

Narzulla Saydullayev
20 may 2017
Barselona ertaga Ispaniya chempionatining so'nggi turida Eybar bilan o'ynaydi.

Kataloniya klubi futbolchilari formalarida Uembli 25. 20 may 1992 yil yozuvi tushirilgan bo'ladi. 1992 yil bahorida Barselona Londonda Yevropa Chempionlar kubogi finalida Sampdoriyani mag'lub etgandi (1:0). Bu Kataloniya klubining Yevropa sahnasidagi ilk katta yutug'i bo'lgandi.

Ushbu sovrin yutiilganiga 25 yil to'lishi munosabati bilan maxsus futbolkalar tayyorlandi.




Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: fcbarcelona.com