"Barselona" Erik Garsiyani ijaraga berdi

Sherzod Nurmatov
2 sen 2023
"Barselona" markaziy himoyachisi Erik Garsiya ijara asosida "Jirona"ga o'tdi.

22 yoshli ispaniyalikning ijara shartnomasi 2023/24 yilgi mavsum oxirigacha amal qiladi va uni sotib olish imkoniyati ko'zda tutilmagan.

Garsiya "Barselona" akademiyasini bitirgan, 17 yoshida "Manchester Siti"ga o'tgan va 2021 yilning yozida Kataloniya klubiga qaytgan.

Garsiyada "ko'k-anorranglilar" uchun 70 ta o'yinda maydonga tushib, Ispaniya chempioni unvonini qo'lga kiritgan.

Himoyachi Ispaniya terma jamoasi safida 19 ta o'yinda maydonga tushgan.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: fcbarcelona.com