

"Ayni damda Verrattining PSJ bilan shartnomasi bor va boshqa hech narsa deya olmayman - vaziyat shunday. Agar shartnomasi bor futbolchi bilan biror voqea yuz berishini istasangiz, avvaliga uning klubi bilan kelishib olish lozim. Bizda esa kelishuv yo'q" - deydi Fernandes.
Oldinroq, PSJ rahbariyati vakili "Barselona" Verratti uchun bekorga vaqt sarflayotganini aytgan edi.



