Germaniya – Fransiya. Barselona sport direktori o'yinga nima uchun bordi?

Narzulla Saydullayev
15 noya 2017, 09:20
Barselona sport direktori Robert Fernandes Germaniya va Fransiya (2:2) o'rtasidagi o'yinga bordi.

Kataloniya klubi vakili Antuan Grizmanni kuzatish uchun o'yinga tashrif buyurdi.

Biroq 26 yoshli futbolchi zaxirada qoldi. Fransiya terma jamoasi hujumida ilk daqiqalardan Mbappe, Lyakazett va Marsyal o'ynashdi. Grizmann faqat 76-daqiqada Lyakazett o'rniga tushdi.

Oldinroq Barselona yozda Atletikoga Grizmann uchun 100 million evro berishga tayyorligi haqida ma'lumot chiqqandi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif